“Yoshlar kuni” munosabati bilan universitetda tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida “Mexanika va konchilik ishi” fakultetida “Talaba yoshlarning korrupsiyaga nisbatan immunitetini shakllantirish” mavzusida targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari hamda yoshlar orasida halollik va shaffoflikni targ‘ib qilish zarurati muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar talabalarga qonun ustuvorligi, shaxsiy mas’uliyat va huquqiy madaniyatni rivojlantirishning ahamiyatini tushuntirib, korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdi. Shuningdek, talabalarning savollari tinglanib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari muhokama qilindi.
