Qishki ta’til davridan samarali foydalanish maqsadida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida barcha fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Mazkur seminarlar ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga qaratilgan.

Xususan, Mexanika va konchilik ishi fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun “O‘quv dasturlarini TOP–300 talik oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari asosida maqbullashtirish” mavzusida bo‘lib o‘tgan seminarda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Ibragimov ma’ruza qilib, yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida o‘quv dasturlarini yangilash va takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Seminar davomida TOP–300 talik oliy ta’lim muassasalarining fan dasturlari, ularni tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish, mavzular ketma-ketligini maqbullashtirish, zamonaviy adabiyotlardan foydalanish hamda baholashning ilg‘or usullari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan javoblar berildi.