Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati va ustuvor vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guruhi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ishchi guruh a’zolari universitetdagi Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish jarayonida maslahat kengashining xotin-qiz talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ma’naviy, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishdagi faoliyati ijobiy baholandi.
Shuningdek, kengash tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida bilim va ma’naviyatni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi va axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham e’tirof etildi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
