Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi Choriyev Aliqul Jumayevich Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda “Surxon vohasining och tusli yengil qumloq tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mazkur tadqiqotda Surxon vohasi tuproq-iqlim sharoitida tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Ilmiy kengash a’zolari muhokama yakuniga ko‘ra, Choriyev Aliqul Jumayevichga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qildi.
TDMAU jamoasi hamkasbimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
