Yangi yil bayrami har doim o‘zgacha fayz, shukuh va yangilanish ruhini olib keladi, bir umr esda qoladi. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiya universitetida ham Yangi yilga bag‘ishlangan tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda, mazmunli va esda qolarli tarzda davom etmoqda.
Xususan, bugun Qurilish va irrigatsiya hamda Energetika va sanoat muhandisligi fakultetlari hamkorligida tashkil etilgan bayram tadbiri eng yorqin va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqanlar barcha ishtirokchilarni kirib kelayotgan 2026 yil bilan samimiy tabriklab, ularning o‘qish va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bayram dasturini Qorbobo va Qorqiz hamda turli ertak qahramonlarining qiziqarli va hazil-mutoyibaga boy chiqishlari yanada qildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi, sahna ko‘rinishlari orqali bayramona kayfiyat kuchaytirildi. Shuningdek, qiziqarli interaktiv o‘yinlar va musobaqalar tashkil etildi, ularda faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Quvnoq kulgu, ijodiy chiqishlar va do‘stona muhitda o‘tgan ushbu bayram tadbiri barcha ishtirokchilar qalbida iliq taassurot qoldirdi va Yangi yilni ko‘tarinki ruhda kutib olishga xizmat qildi.
