Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Agrobiologiya fakulteti 2-bosqich talabalarining “Meva va sabzavot ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va navshunosligi” fanidan navbatdagi amaliy mashg‘uloti sayyor dars shaklida tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot Termiz shahridagi “Tomorqa maktabi” bazasida o‘tkazilib, unda talabalar issiqxonalarda meva va sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarini boyitishdi.

Dars jarayonida issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri qo‘llash, navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda parvarishlash, urug‘chilik jarayonlarida sifat ko‘rsatkichlarini oshirish kabi masalalar batafsil yoritildi.