“Kelajakka qadam”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini bandligini taʼminlash boʻyicha “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish boʻyicha vazifalar berilgan edi.

“Kelajakka qadam” dasturini mazmun mohiyatini bitiruvchi kurs talabalariga targ’ibotini olib borish maqsadida «Rektor,bank xodimlari va bitiruvchi talabalar» o’rtasida seminar tashkil etilib, yoshlarga “Kelajakka qadam” dasturini mazmun mohiyati tushintirildi.

Uchrashuvda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini aytib,o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

photo_2025-03-24_18-13-52

KELAJAKKA QADAM” MARKAZI: BITIRUVCHILAR BANDLIGINI TA’MINLASHGA KO‘MAK!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son qarori asosida har bir viloyatda yuqori kurs talabalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “O’zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Ushbu Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlarini bilasizmi?

— bitiruvchi bosqich talabalarini biznes g‘oyalarini tayyor loyihaga aylantirish va istiqbolli loyihalarni qulay shartlarda moliyalashtirish;

— talabalarning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot va stajirovkalarini moliyalashtirish;

— ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish va shu kabilar markazning asosiy yo’nalishlarini o’z ichiga oladi.

photo_2025-11-27_12-01-00

Hurmatli talabalar! Sizda biznes loyihalar mavjudmi?

Unda bu taklif siz uchun!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida “Kelajakka qadam” markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

photo_2025-11-27_12-06-42

☄️ OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

✔️o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

✔️ oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

📌 Bunda:

➡️ salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

➡️individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

photo_2025-11-27_12-06-42

Bitiruvchilar bandligini taʼminlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi

Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarori (https://lex.uz/ru/docs/-7808442) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qaror (https://lex.uz/ru/docs/7386917)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur hujjat bilan bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishiga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, endilikda:

🔹 bitiruvchilar va ularni ishga olgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtiriladi;
🔹 “Kelajakka qadam” dasturi tijorat banklari oʻrtasida kengaytiriladi;
🔹 oliy taʼlim dasturlariga biznes koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan fanlar kiritiladi;
🔹 bitiruvchilar bandligini monitoring qilish tartibi yangilanadi;
🔹 bitiruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap va innovatsion loyihalar grant mablagʻlari orqali qoʻllab-quvvatlanadi.

Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratilib, u vakolatli tijorat banklari oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu mablagʻ bitiruvchilar amaliyotini moliyalashtirish, startap va innovatsion loyihalarga grantlar berish hamda tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun yoʻnaltiriladi.

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 5 milliard soʻmgacha bo‘lgan kreditlar taqdim etiladi. Har bir milliard soʻmlik kredit uchun tadbirkor kamida bitta bitiruvchini ishga qabul qilishi shart etib belgilangan.

Shuningdek, talabalarning amaliyoti xarajatlarini moliyalashtirish uchun oliy taʼlim muassasasi, ish beruvchi va talaba oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Zaruratga koʻra, talabalar xorijdagi qisqa muddatli kurslarda ishtirok etish imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Qarorda “Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etuvchi sakkizta tijorat banki roʻyxati va mablagʻ taqsimoti ham tasdiqlandi.