Talabalarning munosib va xavfsiz yashash sharoitlarini taʻminlash maqsadida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ijara xonadonlarini oʻrganish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugun Mexanika va konchilik ishi fakulteti hamda universitetning Fuqaro muhofazasi boʻlimi masʼullari talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlardagi sharoitlarni, ularda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi holatini oʻrganishdi.
Muloqot chogʻida masʻullar yongʻin xavfsizligi qoidalari, is gazidan himoya chorasi, elektr jihozlaridan xavfsiz va toʻgʻri foydalanish boʻyicha talabalarga tushuntirishlar berdilar.
