photo_2026-05-22_17-23-45

MAGISTRATURA BO‘LIMI BOSHLIG‘I

Tilakov Suxrob Muxammadiyevich

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 09:00 – 11:00)

Telefon:+998 99 689-00-89

E-mail: tilakovsuxrob89@gmail.com

Telegram: +998 99 689 00 89

Magistratura bo‘limi boshlig‘i:
— ta’lim jarayoniga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari, topshiriq xatlari ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda me’yoriy-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarni amalga oshiradi; — yangi qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini magistrantlarga yetkazib boradi; — o‘quv reja va o‘quv dasturlarda ko‘zda tutilgan o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari (ma’ruza, laboratoriya, amaliyot, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari turlari) bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadi; — tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qilish va ularni ishlab chiqarishga qo‘llash, tugallangan ilmiy ishlarni chop etishga tavsiya etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlaydi; — magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ularning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishini monitoring qiladi; — respublika va xorijdagi ilg‘or tajribalar, dunyodagi yetakchi ilmiy va ta’lim markazlari faoliyati, olimlar va eng yaxshi pedagoglarning ilg‘or ishlarini o‘rganish, umumlashtirish va tatbiq etilishini tashkil etadi; — bo‘lajak yosh kadrlarga pedagogik mahoratga ega bo‘lishi uchun yordam berilishini hamda ustoz-shogird an’analarini rivojlantiradi; — axborot bazalarini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida texnik vositalarni qo‘llash va individual o‘qitish, mustaqil o‘qish vositalarini yaratish, masofadan o‘qitish tizimlarini takomillashtiradi; — xalqaro hamkorlik va o‘zaro axborot almashinuvini rivojlantiradi, konferensiyalarda ishtirok etadi, xorijiy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayonini tashkil etish tajribasini o‘rganadi va takliflar ishlab chiqadi; — xorijiy magistrlar mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim tashkilotining xalqaro hamkorlik bilan ishlovchi tuzilmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiradi; — har uch yilda magistrlik dissertatsiya mavzulari bankini yangilangan ro‘yxatini shakllantiradi; — magistrlik dissertatsiya mavzularini ko‘rib chiqadi va ularning ishlab chiqarish hamda ilm-fan muammolarini hal etishga yo‘naltirilishini ta’minlaydi; — magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarning o‘zlashtirish natijalarini tahlil qiladi va hisobotlar tayyorlaydi; — magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarni auditoriyadan tashqari ishlarda asosan ijod qilish, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish, to‘garak va seksiyalarga qatnashishga yo‘naltiradi; — amaldagi DTSlariga muvofiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini hamda dars jadvallarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; — magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv va uslubiy adabiyotlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etadi; — iqtidorli magistrantlar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan Prezident va Davlat stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etishlarini tashkil etadi; — magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ilmiy-pedagogik faoliyatga yo‘llash, ustoz-shogird tizimi hamda “El yurt umidi” jamg‘armasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ularni tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qishini davom ettirish hamda kafedralarda pedagogik faoliyat olib borishiga tavsiya etadi.

                                                   Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti magistratura mutaxassisliklari: 

70730301-Qurilish muhandisligi, 

70710901- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, 

70840104-Veterinariya akusherligi va hayvonlarni ko’paytirish biotexnikasi,

 70720705-Paxtani dastlabki ishlash va urug‘tayyorlash texnologiyasi,

 70720801-Foydali qazilma konlarini qazish,

 70810203- Tuproqshunoslik, 

70520201 – Atrof-muhit muhandisligi, 

70820101-O‘rmonchilik mutaxassisligi bo‘yicha, 

70810803 — Chorvachilik, 

70811003- Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik,

 70810601-Seleksiya va urug‘chilik,

 70810401-Agronomiya,

 70720701-To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi, 

70710407 — Elektr taʼminoti,

 70410102-Iqtisodiyot,

 70711401 – Transport vositalari muhandisligi,

70810202–Agrokimyo, 

70810501-O‘simliklar himoyasi va karantini, 

70710101-Kimyoviy texnologiya, 

70520201 – Atrof-muhit muhofazasi, 

70811101 – Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi.