Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
Nurullayev Azamxon Komiljon o‘g‘li
Qabul vaqti : Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha
Telefon :
E-mail :
Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi (kunduzgi, dual, kechki, sirtqi, masofaviy, muqobil ta’lim) boshlig‘i:
— universitetda kunduzgi va muqobil ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi; — universitetda semestr yakunlari bo‘yicha fanlardan o‘tkaziladigan yakuniy nazoratlarning o‘tkazilishini tashkil etadi, nazorat qiladi hamda mas’ul bo‘limlar bilan hamkorlikda yakuniy nazorat ishlarining tekshirilishi yuzasidan shaffoflikni ta’minlaydi; — universitetda o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini tatbiq qilinishini, kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar o‘zlashtirishi
nazorat qilinishini ta’minlaydi; — universitetda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqqa tavsiya etadi; — universitetda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi; — universitetda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etilishini ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi; — universitet kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda kunduzgi muqobil ta’lim manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qiladi; — universitetda kunduzgi va muqobil ta’limni metodik ta’minlash bo‘limining muassasadagi boshqa tuzilmalar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
