Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar tegishli tartibda kutib olinib, ular muassasaning ichki tartib qoidalari bilan tanishtirildmoqda. Shuningdek, ularga mas’ullar tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilmoqda. Xususan, joriy yilning 5-sentabr kuni “Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veternariya” fakultetiga yangi qabul qilingan talabalar orasida “Korrupsiya-kelajagimiz kushandasi” va “Yoshlar orasida turli jinoyatchiliklar, xususan, diniy ekstremistik oqimlar va giyohvandlik illatlarining oldini olish” mavzusi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Ушбу тадбирда universitet rektori maslahatchisi R.Xurramov, «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Karimov, uchastka inspektori Sh.Aliyorov va fakultet dekani A.To‘raqulovlar ishtirok etishib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etishdi.
