Joriy yilning 2-3 sentabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi amalga oshirilmoqda.

Vitebsk shahrida oʻtkazilayotgan Uchinchi Oʻzbekiston – Belarus biznes-forumi doirasida sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, investitsiya loyihalarini muhokama qilish, tajriba almashish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash kabi masalalar koʻrib chiqilmoqda.

Forumda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul Toʻrayev ham ishtirok etmoqda. Bugun TDMAU hamda Vitebsk davlat texnologiya universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu esa professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va talabalar almashinuvi boʻyicha amaliy kelishuvlarga erishish imkoniyatini yaratadi.