Bu yil universitetimizda 2300 nafardan ortiq yoshlar bakalavriatning 1-bosqich talabasi sifatida o‘z o‘qish faoliyatini boshlamoqda.

3-sentabrdan ular uchun talabаlikning ilk bosqichi – “Birinchi kurs maktabi” start oladi.

Bugun esa yangi talabalarimiz samimiy kutib olinib, talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirilmoqda.

Ertadan boshlab universitet bo‘ylab sayohat uyushtirilib, talabalar yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar, odob-axloq me’yorlari hamda OTM tartib-qoidalari bilan batafsil tanishtiriladi.

TDMAUda bilim, do‘stlik ва yangi imkoniyatlarga boy safar endi boshlanmoqda!