Kecha Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz navbatdagi ulkan yutuqqa erishib, mamlakatimiz nomini yana bir bor Ginnes rekordlari kitobi sahifalariga yozdirdi!

Bu tarixiy voqeada Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 30 nafar iqtidorli talabasi ham faol ishtirok etib, umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi.

Tadbir yakunida universitet jamoasiga rasmiy Guinness World Records sertifikati topshirildi. Uni universitet rektori Rasul Toʻrayev qabul qilib oldi.