Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda prorektorlar, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Islom taraqqiyot banki vakillari Musa Jega Ibrohim va Rayhon Sobirova ham qatnashdi. Ular yig‘ilganlar bilan istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.
Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
2024/2025 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarning ish bilan ta’minlanganlik holati;
1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash uchun nomzodlarni belgilash.
Yig‘ilishda barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.
