“Bugun talabalar 40 foiz bilimni auditoriyada olmoqda, ammo qolgan 60 foiz mustaqil izlanishga, o‘z ustida ishlashga yetarlicha vaqt va e’tibor ajratmayapti. Bu yetarli emas.

Talaba soat 8:30 dan 18:00 gacha universitetda bo‘lishi kerak. U kutubxonaga borsin, laboratoriya sharoitidan foydalansin, ustozlari bilan fikr almashsin, sport bilan shug‘ullansin — shundagina u haqiqiy mutaxassisga aylanadi.

Universitet faqat dars o‘tiladigan joy emas, balki shaxs va mutaxassis yetishadigan makondir. Yangi o‘quv yilidan mana shunday faol muhitni yaratishimiz shart”.