Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talaba-yoshlari 100 m. ga va 3000 m. ga yugurish, uzunlikka sakrash kabi maxsus va ixtiyoriy talablar bo‘yicha sport sinovlaridan faol o‘tmoqda.
Ushbu 18-29 yosh erkaklar va ayollar o‘rtasidagi mazkur sport sinovlarining maqsadi — aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
