Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida hozirda 130 ga yaqin magistr, tayanch doktorant va doktorantlarga xorijiy til bo‘yicha sertifikat berilganligi hamda shundan 70 foizi talabga javob bermasligi, sertifikat olganlar esa tilni to‘liq bilmasligi haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son qo‘shma qaroriga asosan Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, bunda texnika va qishloq xo‘jaligining aksariyat mutaxassislik va ixtisosliklari uchun CEFR shkalasi boʻyicha eng quyi daraja etib B1 til bilish darajasi belgilanganligini hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro til sertifikatlari haqqoniyligini tekshirish Innovatsion rivojlanish agentligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 03-03/3153-son xatiga asosan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxatiga qatʼiy amal qilingan holda amalga oshirilganligini, bundan tashqari, keyinchalik aniqlangan qayta tekshiruvlarda agar xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar aniqlansa bunda imtihon olgan xalqaro yoki milliy markazlar yoki setifikat sohibi shaxsan javobgar ekanligini eslatib o‘tamiz.
Bunday hollarda universitet rahbariyati til sertifikatlariga ega talabgorlarni qayta imtihon qilishga haqli emasligini, universitetda tahsil olayotgan izlanuvchilar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va natijadorligini oshirish bo‘yicha mustaqil-izlanuvchilar qabul davrlarini inobatga olgan holda, har chorak yakunida amalga oshirilayotganligini hamda bu borada qat’iy talablar asosida ishlar tashkil qilinganligini ma’lum qilamiz.
Hurmatli blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari shu kabi holatlar sodir etilganda ushbu jarayonlarni to’liq o’rganishingizni hamda universitet matbuot xizmati 👉 @chorixushboqov bilan bog’lanishingizni so’raymiz.
