photo_2026-05-22_17-57-56

Registrator ofisi boshlig‘i

Maxmadaliyev Akmal Abdushukurovich

 Qabul vaqti : Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha

Telefon :+998 93 766-71-90

E-mail : a.maxmadaliyev@bk.ru

“Registrator ofisi” boshlig‘ining lavozim vazifalari

OTTning talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasidagi missiyasi hamda asosiy strategik yo‘nalishlarini yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va mas’uliyat bilan amalga oshirish;

Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarish;

Ofis xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;

talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

Ofis tomonidan yoʻlga qoʻyiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;

Xizmat koʻrsatish (front office) va Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda ragʻbatlantirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.

photo_2026-05-22_17-59-21

Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi

Maxammadiyev Asadulla Sharofiddinovich

🗓 Qabul vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha

☎️ Telefon: +99897-690-30-10

📨 E-mail: maxammadiyevasadulla95@gmail.com

 

Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻining lavozim vazifalari

Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis boshlig‘iga koʻmaklashish;

Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

Talabalarga tegishli boʻlgan statistik maʼlumotlarni yuritish hamda “HEMIS” axborot  tizimiga toʻgʻri kiritilishini nazorat qilish;

Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:

“HEMIS”, “Moodle”, “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;

Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;

Oʻquv jarayoni grafigiga asosan elektron taʼlim platformasida oʻquv ishlari prorektori (filial direktori oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazoratlar jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini tizim orqali nazorat qilish;

Universitetga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan universitetning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini umumlashtirish va tahlil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va universitet tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish.



photo_2025-11-26_17-33-11

 “Registrator ofisi” Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlim boshligʻi

Jalilov Erkin Ergashevich

🗓 Qabul vaqti: har kuni 09:00 dan 17:00 gacha

☎️ Telefon: +99897-352-34-24

📨 E-mail: jaliloverkin85@gmail.com

 

Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlim boshligʻining lavozim vazifalari:

Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimida ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis boshlig‘iga koʻmaklashish;

Ofis boshlig‘i ish joyida boʻlmaganida (mehnat ta’tili, xizmat safari va boshqalar) uning lavozim vazifalarini vaqtinchalik bajarish;

Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

Talabalar uchun oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat turlarini tizim orqali tashkil qilish;

Talabalarga oʻquv jarayonining tashkil etilishi, oʻquv jarayoniga tegishli maʼlumotlar, talabalarning elektron platformalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish;

Talabalarga ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatishni tashkil qilish;

Ofis tomonidan xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

Ofis tomonidan marketing hamda buxgalteriya xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

Professor-oʻqituvchilar va talabalarga tizimga oid tegishli maslahatlar berish;

Oʻquv dasturlaridagi farqlarni bartaraf etish maqsadida qayta oʻqishni tashkil qilish;

“HEMIS”, “Moodle”, “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;

Universitetga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan universitetning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini tashkil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash).

Registrator ofisi tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari

Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

QR kodli diplom shakllantirish;

akademik maʼlumotnoma va transkript berish;

akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;

bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;

diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;

imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;

imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;

oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;

oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;

oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;

oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;

stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;

talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;

talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;

talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;

talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;

talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;

talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;

talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;

talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;

talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;

talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;

talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;

talabalarning parolini tiklash;

talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;

talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;

talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;

tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;

oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;

oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.

Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;

turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;

oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;

xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;

xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;

xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;

xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;

xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;

Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

qayta oʻqishga shartnoma berish;

stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;

hisob varagʻini shakllantirib berish;

talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;

bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.

Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;

ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;

innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;

nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;

ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;

ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.

 Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:

talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;

oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;

talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;

talabalarga OTTda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.