Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti v.v.b. rektori B.Primkulov Oltinsoy tumanidagi biriktirilgan yoshlar xolidan xabar olish maqsadida xonadonlariga bordi.
Ushbu xonadonlarga borib, qanday ishlar amalga oshirildi?
Mazkur biriktirilgan yoshlardan Yoqubov Shaxzod Abdumurot o‘g‘lining o‘qishini tiklash bilan bog‘liq jarayonlaridan xabar olinib, ishlar qanday darajada ketayotganligi haqida suhbatlashishdi.
Xolmuratov Toshmirza Normuhammat o‘g‘li esa savdo do‘koni faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘radi. T.Xolmuratov bilan ushbu masala yuzasidan suhbatlashib, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan birgalikda imtiyozli kridit olishda yordam berishga kelishib olindi.
Xurramov Erali Nurali o‘g‘liga olib berilgan motokultivatordan hozirda foydalanib o‘zini o‘zi band qilgan holatlari va daromatga kirishganlik holatlari o‘rganildi.
Abdullayev Murodullo Hasanovich esa migratsiyadan qaytib kelgan va hozirda chorvadorlik bilan shugʻullanish uchun kredit olishda yordam so‘rab murojaat qildi.
Hamrayev Eldorbek Shamsiddin o‘g‘liga olib berilgan payvandlash apparati bilan bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilgan.
Avazov Suxrob Tulqin o‘g‘li hozirda Toshkent shahrida tijorat faoliyati bilan shugʻullanmoqda.
Tojiyev Tursunali To‘ychi o‘g‘li tadbirkorlik faoliyati ya’ni kredit olib, asalarichilik bilan shugʻullanmoqda.
Ochilov O‘rolbek Shamsiddin o‘g‘li hozirda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida sirtqi ta’lim shakliga o‘qishini tiklagan.
Turdaliyev Muslimbek Imamali o‘g‘li esa yer olib dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda ushbu biriktirilgan qizil toifadagi yoshlarning har biri bilan alohida ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishga intilish, o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqib hayotda o‘z o‘rnilarini topishlari uchun ko‘mak berilib kelinmoqda.
