Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Bo’lib o’tgan Kengash yig’ilishining boshlanish oldidan universitet v.v.b.rektori B.Primkulov universitet jamoasi orasida ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarni taqdirladi. Shu bilan birgalikda ushbu professor-o‘qituvchilarni samimiy qutlab, ilm yo’lida xizmat qilishda davom etish kerakligi bu yo’lda kuch va g’ayrat tark etmasligini aytib o’zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan so’ng kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlig’i A.Maxmadaliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-265-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida so’z yuritdi.

Universitet o‘quv binolari va talabalar turar joylarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi natijalari to‘g‘risida esa bosh muhandis A.Amirkulov Kengash ishtirokchilarini ma’lumot berdi.

2024/2025-o‘quv yili uchun talabalar safiga qo‘shilgan abituriyentlar (o‘qishini ko‘chirganlar, tiklanganlar)ni qabul qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Qabul komissiyasining mas’ul kotibi O.Ochildiyev tanishtirib o’tdi.

Universitetda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talaba-yoshlarni talabalar turar joyida yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda oylik to‘lovlar miqdorini belgilash to‘g‘risida M.Majitov Kengashga o’z takliflarini bildirdi.

Kengash yakunida kelgusida qilinishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi hamda mas’ullarga topshiriqlar berildi.