Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida «TALABALAR LIGASI» sport musobaqalariga start berildi.

Tadbirning ochilish marasimida yoshlar hayotida sportning o’rni, ahamiyati haqida mas’ullar so’z yuritishdi. Shundan so’ng musobaqaning birinchi kunida talaba-yoshlar sportning voleybol hamda futbol turlari bo’yicha bahslashishdi.

Bu kabi sport musobaqalari fakultetlar kesimida davom etadi. Ushbu sport turlariga qiziqishi bo’lgan va musobaqada ishtirok etish istagida bo’lgan talaba-yoshlar «Muhandislar» sport klubi raisi o’rinbosari Sh.Boybo’tayevga bog’lanishlari so’raladi.