Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi
Kafedra mudiri: Abdullayev Sharofiddin Yusup o‘g‘li
Qabul vaqti: Har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha;
Telefon: +998 99 352-20 20;
E-mail: sharofiddinabdullayev0611@gmail.com
E-mail: otabek_uzmei@mail.ru
Telegram: +998974486090
Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasining asosiy shtatida 12-nafar professor-o‘qituvchilar hamda 2-nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 2-nafar dotsent, 1-nafar v.b. dotsent, 1-nafar katta o‘qituvchi, 8-nafar assistent-o‘qituvchilar hamda
1-nafar kabinet mudiri va 1-nafar laborant mavjud.
KAFEDRA HAQIDA
Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi (ilgari Kimyo va ekologiya kafedrasi deb nomlangan) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3101-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etilishi barobarida ochilgan.
Kafedrada 2018-2021-yillarda katta-o‘qituvchi O.Choriyev, B.Shamayev, Z.Misirov, O.Ochildiyevlar mudirlik qildilar. Kafedraning tuzilishi va rivojlanishida katta-o‘qituvchi Mamashayev Bahrom Safarovich katta hissa qo‘shgan. 2017-2020 yillarda kafedra tarkibidan Muhandislik ishi ta’lim sohasida 2-ta ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilingan.
2022-yilda O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 3-dekabrda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-30-son qaroriga asosan yangi tuzilmada “ Kimyo va ekologiya” kafedrasi negizida “ Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi ” kafedrasi yangidan tashkil etilgan. Kafedraga 2021-2025 yillar oralig‘ida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ochildiyev Otabek Shodiyevich rahbarlik qilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutlarini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etish to‘g‘risida 18.07.2024 yildagi Prezidentning PQ-265-sonli qarori bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.
2024-yilning sentabrdan 2026-yil 26-martgacha dotsent Ochildiyev Otabek Shodiyevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.
Kafedraga 2026-yilning 1-aprel kunidan hozirgi vaqtgacha t.f.f.d., (PhD). Abdullayev Sharofiddin Yusup o‘g‘li kafedra mudiri lavozimidan faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Muhandislik, ishlab chiqarish, ishlov berish va qurilish bilim sohasidagi barcha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga hamda Hayot faoliyati xavfsizligi, Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga quyidagi mutaxassislik fanlari o‘tib kelinmoqda:
- Hayot faoliyati havfsizligining nazariy asoslari:
- Mehnat muhofazasi;
- Yong‘in xavfsizligi;
- Favqulotda vaziyatlar va aholi muhofazasi;
- Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligi;
- Ergonomika;
- Qutqaruv ishlari;
- Sanoat sanitariyasi;
- Fuqaro muhofazasi;
- Hayot faoliyati xavfsizligi;
- Bin ova inshoatlar xavfsizligi;
- Radiatsiya xavfsizligi;
- Ekologiya;
- Sanoat ekologiyasi;
- Atrof-muhit kimyosi;
- Ekologik xatarlarni baholash;
- Ekologik menejment asoslari ;
- Atrof-muhit himoyasining, jarayon va qurilmalari
- Atrof-muhit muhandisligi;
- Atrof-muhitga ta’sirni baholash va monitoring;
- Foydali qazilmalarni olishda suv resurslarining ifloslanishining oldini olish;
- Sanoat chiqindilarini rekuripiratsiya qilish texnologiyasi;
- Muhandislik ekologiyasi;
- Agroekologiya;
- Geoaxborot asoslari;
- Tuproqlarning printsipi va monitoring;
- Ekologik loyihalash va ekologik me’yorlash.
Kafedrada quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis tayyorlab kelmoqda.
-Hayot faoliyati xavfsizligi;
-Atrof-muhit muhandisligi.
-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (sanoatda).
Kafedrada quyidagi magistratura mutaxassisliglari bo‘yicha mutaxassis tayyorlab kelmoqda.
-Atrof-muhit muhandisligi;
-Atrof-muhit muhofazasi.
PhD, DSc doktorlik dissertatsiyasi himoyasi:
Kafedrada 2022-yilda Ochildiyev Otabek Shodiyevich, Mallayev Orif Samad o‘g‘li hamda 2024-yilda Yusubov Turg‘un Xashimovich, 2025-yilda Abdullayev Sharofiddin Yusup o‘g‘lilari tomonidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Hozirgi kunda kafedra katta-o‘qituvchi Mamashayev Bahrom Safarovich, assistent Hasanov Hayitmurod Adirashit o‘g‘lilari tomonidan PhD ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasilari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. hamda kafedra mudiri v.b.dotsent Abdullayev Sharofiddin Yusup o‘g‘li tomonidan dotsentlik ilmiy unvonini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:
Universitetda malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun ta’lim jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalardan, ilm, fan, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanib, shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, shuningdek muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish.
Kafedraning 2024/2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlari:
O‘quv-uslubiy ishlari:
2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan 3-ta darslik, 4-ta o‘quv qo‘llanma, 5-ta monografiya hamda10-ta uslubiy ko‘rsatmalar chop etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024/2025 o‘quv yilida TOP-300 talik reytingga kirgan xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalarining namunaviy fan dasturlari hamda ishchi o‘quv dasturlari asosida kafedra qoshidagi fanlarning 20-ta fan dasturlari va ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqilib amalda qo‘llanildi
Ilmiy-innovatsion ishlari:
2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda 6-ta Scopus maqola, Xalqaro xorijiy jurnallarda 22-ta xorijiy maqola, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 38-ta OAK maqola, Respublika konferensiyalardagi jurnallarda tezislar 72-ta tezis maqolalar chop etildi. Bundan tashqari kafedra-professor o‘qituvchilari axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va bazalar uchun 7-ta DGU guvohnomalari olingan.
Kafedradaning asosiy shtatidagi
professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari tarkibi.
№ | F.I.Sh | Lavozimi |
1 | Abdullayev Sharofiddin Yusup o‘g‘li | Kafedra mudiri t.f.f.d., v.b dotsent |
2 | Mallayev Orif Samad o‘g‘li | t.f.f.d., Dotsent |
3 | Yusubov Turg’un Xashimovich | t.f.f.d., v.b. dotsent |
4 | Mamashayev Bahrom Safarovich | Katta o‘qituvchi |
5 | Samanov Ruslan Xolbo’tayevich | Assistent |
6 | Omandavlatov Sirojiddin Sodiq o‘g‘li | Assistent |
7 | Ibroximov G‘iyosiddin Bahriddin o‘g‘li | Assistent |
8 | Hasanov Hayitmurod Abdirashit o‘g‘li | Assistent |
9 | Axmedov Alisher Parda o‘g‘li | Assistent |
10 | Xolbekov Toshturdi Kudratovich | Assistent |
11 | Norqulov Abbos Chori o‘g‘li | Assistent |
12 | Bo‘riyev Oxunjon Olim o‘g‘li | Stajor-o‘qituvchi |
13 | Musayeva Mehriniso Hamro qizi | Kabinet mudiri |
14 | Xolturayev Nigina Baxromovna | Kafedra laboranti |
