Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi

KAFEDRASI MUDIRI

Aliyev Bahodir Xasanovich

 🗓 Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha

 ☎️ Telefon: +99894 468—54—00

📨  E—mail: aliyev.baxodir@inbox.ru

 Telegram: +99894 468—54—00

Kafedrada bugungi kunda quyidagi mutaxassisliklar taxsil olmoqda:

60811800-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, 60811800-Mevachilik va uzumchilik,

60810900-Agronomiya (anorchilik),

60811900-Cabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik,

60812000-Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim yo‘nalishlari. Kafedra tarkibida bugungi kunda 14 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 1 nafari professor, 4 nafar q.x.f.f.d 1 nafar kata o‘qituvchi 8 nafar assistetnlar talabalarga tahsil berib kelishmoqda.

Kafedra xaqida

Kafedra Meva-sabzavotchilik va uzumchilik nomi bilan 2024-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib Universitet Kengash qarori bilan tasdiqlangan. Kafedrada 5 ta bakalavr va 1 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Jami talabalar soni kunduzgi ta’lim shaklida 134 nafarni tashkil etadi.

O‘quv jarayoni

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasida bugungi kunda Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Mevachilik va uzumchilik, Agronomiya (anorchilik), Cabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda.

Magistratura

Kafedrada 70811805-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayyolanib kelinmoqda.

Talabalar kontingenti

Kafedrada 134 nafar talaba ta’lim olmoqda: Kafedramizda ustoz-shogird an’anasiga amal qilingan holda ishlar yo‘lga qoyilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar 23 nafar iqtidorli talabalar va 4 nafar doktorantlarning ilmiy izlanishlariga raxbarlik qilib kelmoqdalar.