Agronomiya, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi
KAFEDRASI MUDIRI
Abduraximov Nurali Normamatovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha
☎️ Telefon: +99891 969—79-55
📨 E—mail: nuraliabduraximov69@gmail.com
Telegram: +99891 969—79-55
Kafedrada bugungi kunda quyidagi mutaxassisliklar taxsil olmoqda:
Agronomiya (dexqonchilik maxsulotlari turlari bo’yicha), Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha), O‘simlikshunoslik (ekin turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari. Kafedra tarkibida bugungi kunda 20 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 1 nafari professor, 6 nafar q.x.f.d dotsent, 1 nafar q.x.f.doktor, 1 nafar q.x.f.n dotsent, 2 nafar q.x.f.f.doktori, 8 nafar assistetnlar va 1 nafar stajyor o‘qituvchi) talabalarga tahsil berib kelishmoqda.
Kafedra xaqida
Kafedra Agronomiya, seleksiya va urug‘chilik nomi bilan 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib Universitet Kengash qarori bilan tasdiqlangan. Kafedrada 3 ta bakalavr va 3 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Jami talabalar soni kunduzgi ta’lim shaklida 247 nafarni tashkil etadi.
O‘quv jarayoni
Agronomiya, seleksiya va urug‘chilik kafedrasida bugungi kunda Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha), Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha), O‘simlikshunoslik (ekin turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda.
Magistratura
Kafedrada Agronomiya, Seleksiya va urug‘chilik (ekin guruxlari bo‘yicha), Organic dehqonchilik va oziq–ovqat xavfsizligi mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayyolanib kelinmoqda.
Talabalar kontingenti
Kafedrada 247 nafar talaba ta’lim olmoqda: shundan: 153 nafari qizlar va
94 nafari o‘gil bolalardir. Kafedramizda ustoz-shogird an’anasiga amal qilingan holda ishlar yo‘lga qoyilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar 28 nafar iqtidorli talabalar va 5 nafar doktorantlarning ilmiy izlanishlariga raxbarlik qilib kelmoqdalar.
