O‘simliklar himoyasi , agrokimyo va agrotuproqshunoslik kafedrasi
KAFEDRA MUDIRI
Muqimov Baxriddin Baxtiyorovich
Qabul vaqti: Xaftaning Juma kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha
Telefon:+99888-030-24-88
Telegram:+99888-030-24-88
“O’simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik” kafedrasida 27 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 12 nafar professor-o‘qituvchi hamda 5 nafar assistent o‘qituvchi asosiy shtatda, 10 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar professor, 4 nafar fan nomzodi, 2 nafar dotsent, 4 nafar q.x.f.f.d, (PhD), 2 nafar b.f.f.d. (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi, 8 nafar assistent o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kafedra tarixi: “O’simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik” kafedrasi 2017-yil sentyabrdan tashkil etilib faoliyat yuritmoqda.
Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:
Bakalavriat:
O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha)
O’simliklar va qishloq xo’jalik mahsulotlari karantini
O’simliklar karantini va himoyasi
O’simliklar himoyasi va karantini
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
Magistratura:
O’simliklar himoyasi va karantini
Agrokimyo
Tuproqshunoslik
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat: Umumiy entomologiya va hashoratlar sistematikasi, Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya, Mikologiya, O’simliklarni himoya qilish, Qishloq xo’jaligi entomologiyasi, Qishloq xo’jaligi fitopatologiyasi, O’simliklar immuniteti, Issiqxona ekinlarini himoya qilish, O’simliklarni kimyoviy himoya qilish, O’simliklarni biologik himoya qilish, Virusologiya va bakteriologiya, Anorni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, Agrobiotexnologiya, Q/x biotexnologiyasi va mikrobiologiyasi, O’rmon entomologiyasi va fitopatologiyasi, Dorivor o’simliklar entomologiyasi, Tut daraxti zararkunandalari va kasalliklari, Tuproqshunoslik va agrokimyo, Tuproq biologiyasi va kimyosi, Paxtachilikda agrokimyo, Meliorativ tuproqshunoslik va tuproq muxofazasi, Q/x agrokimyoviy xizmat, Tuproq fizikasi va iqlimshunosligi, Eroziyashunoslik, Agrokimyo, Geologiya va meniralogiya, Yer kadastri va tuproq monitoringi fanlaridan professor-o‘qituvchilar ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borishmoqda.
Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:
Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan kafedra assistenti Abduraxmonov Shuxrat Mamatmurodovich “O’zbekistonning turli xududlarida o’simlikxo’r qandalalarning tarqalishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari” mavzusida, Muradov Shoxruh Shopoatovich «Kaliyli oʻgʻit shakllari va meʼyorlarining tipik boʻz tuproqlar oziq rejimi, kungaboqar oʻsib rivojlanishi va hosildorligiga taʼsiri» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:
Hozirgi kunda kefedrada 8 ta tavsiyanoma 5 ta monografiya 10 ta o‘quv qo’llanma 7 ta uslubiy o’quv qo‘llanma 5 ta darslik chop etildi.
Ilmiy maqolalar:
2025/2026-o‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 58 ta, Xalqaro jurnallarda 44 ta maqola chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 10 ta guvohnoma olingan.
