KAFEDRA MUDIRI :

Xudoyqulov Rustam Qo’chqorovich

🗓 Qabul vaqti: Xaftaning Juma kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha

☎️  Telefon: +998915757664

📨  E-mail:  rustam85terdu@mail.ru

Telegram: +998915757664

“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 8 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 2 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar fan nomzodi (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi, 8 nafar o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.

 

Kafedra tarixi: “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi 2022-yil sentyabrda tashkil etilib faoliyat yurutmoqda.

Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

Arxitektura

Qurilish

Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Suv xoʻjaligi va melioratsiya

Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat: Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik, Arxitekturaviy kompazitsiya va loyihalash asoslari, Arxitektura tarixi va nazariyasi, Arxitekturaviy loyihalash, Arxitektura ashyoshunosligi, Arxitekturaviy konstruksiya, Injenerlik geodeziyasi, Qurilish mexanikasi, Kompyuterda loyihalash, Bino inshootlar tipologiyasi, Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi, Injenerlik geologiyasi, Qurilish materiallari va buyumlari, Issiqlik taminot tizimlari, Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar, Qurilish fizikasi, Qurilish konstruksiyalari, Bino va inshootlar arxitekturasi, Qurilish jarayonlari texnologiyasi, Loyihalash asoslari, Qurilish mexanikasi va konstruksiyasi, Geodeziya, Gidravlika fanlaridan professor-o‘qituvchilar ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borishmoqda.

 Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:

Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Xudoyqulov Rustam Qo‘chqorovich Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

Hozirgi kunda kefedrada 1 ta o‘quv qo‘llanman chop etildi.

Ilmiy maqolalar:

2022/2023-o‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 7 ta, Xalqaro jurnallarda 20 ta maqola chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 3 ta guvohnoma olingan.